Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rpa}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘r-pa
Izoh(lar)i:
ko‘rpa ot

1. 1. Yotganda, uxlaganda, sovuqdan saqlanish uchun ustga yopiladigan, chorburchak g‘ilof ichiga paxta solib qavilgan ro‘zg‘or buyumi. Duxoba ko‘rpa. Shohi ko‘rpa. Ko‘rpa qavimoq. Ko‘rpaga burkanmoq. — Ustimga ko‘rpa tashla! — dedi xotiniga u, titroq tovush bilan. H. G‘ulom, Mash’al
Ular [hokimlar] yumshoq shohi ko‘rpalarda ag‘anab, pishillab uxlashmoqda. Mirmuhsin, Me’mor

2. ko‘chma hma Umuman, ustni, yuzani qoplagan narsa. Kechagi qor tingan, hududsiz dalalar oppoq ko‘rpa ostida jimgina orom olmoqda. O‘. Usmonov, Sirli sohil
Osmondan varillab samolyot o‘tib ketdi. Ko‘lankasi yo‘llar, bog‘lar, tosh va ariqlar, daraxtlarning ko‘rpa bo‘lib yotgan yashil yaproqlari ustidan sudralib boryapti. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: arzimagan narsani deb jahl ustida nojo‘ya, zararli ish qilib qo‘ydi

2. ko‘rpasiga qarab oyoq uzatdi: imkoniyatini hisobga olib ish tutdi

3. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.