1. Yaxshilikni qadrlamaydigan; yaxshilikka yomonlik qiladigan; tuzingni ichib, tuzlug‘ingga tupuradigan; nonko‘r.
Tilingga kuydirgi chiqqur, yedirib-ichirib, sendan eshitganim shu bo‘ldimi, ko‘rnamak.
S. Anorboyev, Oqsoy
Senlarga yaxshilik qilganning o‘zi ahmoq! Ko‘rnamak!
Hamza, Boy ila xizmatchi
noz-ne’matidan, suvidan, yeridan, tuzidan foydalanib turib, unga nafi tegmayotgan kishilarni ko‘rnamak, noshukur demasdan bo‘ladimi axir!
Sh. Toshmatov, Paxtakor, kasbingni ulug‘la