Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rk}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘rk
Izoh(lar)i:
ko‘rk ot

1. Husn, chiroy, go‘zallik. Tog‘larning beshkay tomonlarida endi gullagan jiydalar bog‘larning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shardi. O. Yoqubov, Ota izidan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: husn [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: ko‘rik Sinov, tekshirish; hammaga ko‘rsatish.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Husn – chiroy – ko‘rk – zeb
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.