Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rish}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-rish
Izoh(lar)i:
ko‘rish fl

1. 1. Ko‘rmoq fe’lining birgalik nisbati. Siz bilan anchadan beri ko‘rishganimiz yo‘q. Bolalar kino ko‘rishdi. Bular ko‘prikdan o‘tishda ajoyib manzarani ko‘rishdi A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Salom-alik qilishmoq, salomlashmoq. Isroil, Eminlar ham u bilan boshqatdan quchoqlashib ko‘rishdilar. I. Rahim, Chin muhabbat
— Xush kelibsiz xursandman, — dedi uy egasi ular bilan ko‘rishib. M. Osim, Ibn Sino qissasi

3. 3. Uchrashmoq, yuz ko‘rishmoq. Xayr, ertaga ko‘rishamiz. Ular tez-tez ko‘rishib turishadi. — Ko‘rishganimizga ancha bo‘ldi, — bazo‘r javob berdi Yo‘lchi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shu yigitni ko‘rsam, bir g‘alati bo‘lib ketaman, dermish. Ha, Sora ham, ko‘rishganlarida bir oz rangi o‘chardi, deydi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. diydor ko‘rishdi: bir-birini oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin ko‘rdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.