Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ppak}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘p-pak
Izoh(lar)i:
ko‘ppak ot

1. 1. Qo‘riqlovchi itlarning xashaki bir zoti. [Madina] Zanjirini uzib yuborguday tashlanib vovullayotgan so‘qimdek ko‘ppakning dag‘dag‘asiga ham qaramay, ichkariga kirdi. Mirmuhsin, Chodrali ayol

2. 2. Shunday itga nisbatli haqoratni (nisbatlashni) bildiradi. Ali meshkobchi ichida: Sen ko‘ppakning qo‘lingdan shu ish keladi, albatta, dedi-yu, indamay jo‘nab ketdi. Mirmuhsin, Me’mor
— Ha noinsof, ha ko‘ppak! — Qoratoy boyni so‘ka boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.