Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘pir} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-pir-moq
Izoh(lar)i:
ko‘pir fl

1. ayn. yn. Ko‘piklamoq, ko‘piklanmoq. O‘ktam esa ko‘pirgan, o‘kirgan suvda bo‘ynigacha botib, hansirab ishlar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Ot chopaverib, ko‘pirib ketgan edi. G‘. G‘ulom, Shum bola

2. ko‘chma salb. lb. O‘ta maqtanmoq, maqtanchoqlik qilmoq. [Tojiboy] Ba’zan Madamingov o‘ttiz yil aminlik qilgan bo‘lsa, men ellik yil sovetga raislik qilaman, deya ko‘pirib qo‘yardi. P. Tursun, O‘qituvchi
Siyqa bilimdonlik va quruq ko‘pirish bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.