1. rvsh. sh. 1 Ko‘p hollarda, ko‘p vaqt; aksariyat.
[Yo‘lchi] Ko‘pincha ikki marta qatnar, oqshom vaqtida, ba’zan undan kechroq dalaga qaytar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
U [Elmurod] ovga ko‘pincha Davlatyor bilan borardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Tez-tez, ko‘p o‘tmay.
Yodingizda bormi, ko‘pincha chaqchaygan ko‘zli bir yigit ishxonamizga uni so‘rab borar edi?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar