1. 1. Ma’lum sabablarga ko‘ra suyuqliklarda hosil bo‘ladigan mayda pufakchalardan iborat massa.
Suv ko‘pigi. Pivo ko‘pigi.
▬
[Soy] O‘z yo‘lida uchragan haybatli toshlarga zarb bilan urilib, chaqmoq chaqqanday, qirg‘oqqa halqa-halqa ko‘pik sochmoqda.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
[Elmurodning:] Shoyad Yo‘ldosh bilan bir qismga tushsam, dardlashib yurar edik, degan umidi ham sovun ko‘pigiday tez o‘chdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. Odam yoki hayvonning mayda-mayda pufakchali so‘lagi.
Komissar, og‘zidan ko‘pik kelib, pol ustida cho‘zilib yotardi.
M. Muhamedov, Kichik garnizon
[Ho‘kiz] O‘rnidan qo‘zg‘ala olmay, og‘zidan oq ko‘pik oqizib, ko‘zlari olayib, bo‘kirib yotibdi.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. ko‘chma hma Ma’nosiz, quruq narsa haqida.
Hazrat shayxning bu ko‘pik so‘zlariga bir iljayib qo‘ydi-yu, yana unga so‘z qotdi.
K. Yashin, Hamza