Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘pchilik}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘p-chi-lik
Izoh(lar)i:
ko‘pchilik ot

1. 1. Ma’lum son yoki miqdordagi kishi yoki narsalarning katta, ko‘p qismi, shunday qismni tashkil qiluvchi kishilar; aksariyat. O‘quvchilarning ko‘pchiligi. Ko‘pchilik ovoz bilan saylanmoq. Yo‘lchi do‘ppi bozoridan aravani arang olib o‘tdi: bu yerda zo‘r tiqilinch, ko‘pchiligi xotinlar. Oybek, Tanlangan asarlar
Odatda ko‘pchilik qizlarning husni tanishib, suhbatlashib, do‘stlashib ketganingdan keyin ochiladi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. 2. Ko‘p odam, xaloyiq; omma. Ozchilik ko‘pchilikka bo‘ysunadi. Ko‘pchilik o‘rtasida. Ko‘pchilik bir mushtdan ursa — o‘ldiradi, bir burdadan bersa — to‘ydiradi. Maqol
O‘quvchi, biz ko‘pchilikmiz, o‘qituvchi hammamizni baravar ko‘rolmaydi, deb o‘ylaydi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: ozchilik
Sinonim(lar)i: aksar [a], aksariyat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.