Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ngilli}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘n-gil-li
Izoh(lar)i:
ko‘ngilli sf

1. 1. Ko‘ngilga yoqadigan, xush keladigan; yoqimli. Ko‘ngilli manzara. Bu yerda meva-cheva ko‘p, daraxtma-daraxt tirmashib, yovvoyi uzum yeyishdan ham ko‘ngilli narsa bormi? H. Ahmar, Kim haq?
Bu so‘lim maskanlarda shanba va yakshanba kunlari sayr-u sayohat qilgan hamshaharlarimiz ko‘ngilli dam oladi, yaxshi hordiq chiqaradi. Gazetadan

2. 2. Kishilarning o‘z istagi, xohishi bilan qilingan, tuzilgan. Ko‘ngilli armiya. Ko‘ngilli askarlar. Bo‘taboy partizan otryadiga ko‘ngilli bo‘lib yozildi. S. Ahmad, Hukm

3. ot vzf. zf. Biror ishga yoki guruhga o‘zi istab, o‘z xohishi bilan kirgan yoki uyushgan kishi(lar). Kanal qurilishiga 50 ming ko‘ngilli yetib keldi. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. oq ko‘ngillik: to‘g‘rilik, yomonlikni bilmaslik

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.