Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘m} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-mil-moq
Izoh(lar)i:
ko‘m fl

1. 1. Kovlangan yerga (chuqurcha, o‘ra va shu kabilarga) joylab, ustini berkitmoq. Sabzini ko‘mmoq. Kartoshkani ko‘mmoq. Sholini kechasi otxonadan olib, boshqa yerga ko‘ming. H. G‘ulom, Mash’al

2. 2. Tuproq, shag‘al, qum, tosh, kesak, xashak kabi narsalar bilan qoplab berkitmoq, ko‘rinmaydigan qilib qo‘ymoq. Oyoqni qumga ko‘mmoq. Tokni ko‘mmoq. Bu joylarda anjir bilan anorni ham kuzda ko‘madilar. Paxomov kartoshkalarni havas bilan bir-bir ushlab, o‘tga ko‘ma boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. 3. O‘likni go‘rga qo‘ymoq; dafn etmoq. Sizning o‘jarligingizni deb, guldek qizimni begona shaharga ikki qo‘llab ko‘mib keldim. H. Ahmar, Kim haq?

4. 4. Chuqur joyni to‘ldirmoq, yer bilan tekislamoq. [Sidiqjon] To‘lib qolgan kir o‘rani ko‘mib tashlab, boshqa o‘ra qazidi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bultur paxta ekkan brigada yerning namini saqlash uchun zovurni ko‘mgan ekan. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

5. ko‘chma hma Juda ortiq darajada ta’min etmoq; to‘kib, yog‘dirib tashlamoq. Ishga ko‘mib yubormoq. Pulga ko‘mib tashlamoq. Hayitmat akaning nazarida, Hikmat domla o‘z qavmlarini hash-pash deguncha oltinga ko‘mib yuborayotgandek bo‘lib ko‘rindi. N. Maqsudiy, Laylatulqadr

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.