Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘lanka}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-lan-ka
Izoh(lar)i:
ko‘lanka ot

1. 1. Oftob nuridan to‘silgan joy; soya. Abduvahob ayvondagi ko‘lankaga o‘tirdi, o‘g‘ilchasini tizzasiga olib, peshonasidan o‘pdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Mashina teraklarning quyuq ko‘lankasi ostida uchib borarkan, Qudratning do‘stlari ko‘m-ko‘k va bo‘liq paxtazor dalalarni unga ko‘rsatib, faxrlanar edilar. Z. Fatxullin, So‘nmas yulduz

2. 2. Kishi va narsalarning yorug‘likka qarama-qarshi tomonga tushadigan soyasi. Aravani ot tortar, ko‘lankasini it tortar. Maqol
Olis-olislarda yigitlarning ko‘lankalari ko‘rinadi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Ro‘paradagi uyda chiroq yondi. Darparda orqasida tebranib turgan ko‘lanka to‘xtadi. Gazetadan
Qarag‘aylarning ko‘lankasi tungi sokin havoda qimir etmay turardi. M. Muhamedov, Qahramon izidan

3. 3. Uzoqda, qorong‘ilikda, tumanda g‘ira-shira ko‘ringan narsa; qora, sharpa. Ko‘ngli aldamagan ekan: uzoqdan allaqanday ko‘lanka qorayib ko‘rindi. X. Sultonov, Onamning yurti
Bashorat yaqin bordi, ko‘lanka yana qimirladi. A. Muxtor, Opa-singillar

4. ko‘chma hma Biror ichki ruhiy holatning (masalan, tashvish, g‘am, azob) ifodasi, aksi. She’riyat boshiga zulmat ko‘lankasi tushdi. Zulfiya, Xayollar, tuyg‘ular. uning [Madrayimning] nuroniy chehrasini, xuddi quyoshni bulut bosganidek, qayg‘u-alam ko‘lankasi chulg‘ab oldi. Mushtum
Iqbol xola uning chehrasidagi alam ko‘lankasini ilg‘amadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

5. ko‘chma hma (3-sh. egalik va o‘.-p. k. shaklida) Biror kimsaning himoyasi; panoh, homiylik. Birovning ko‘lankasida yashamoq. — Qalay, Homidbek, yurtlaringiz tinchlikmi? — Xudoga shukur, davlatlari ko‘lankasida. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. kam qo‘ll. ll. Narsalarning boshlang‘ich shakli, hali to‘la shakllanmagan umumiy ko‘rinishi. Chigit ekish boshlanguncha, yangi qishloqning ko‘lankasi ko‘rinib qoldi: hali ochilmagan ko‘chalarning ikki yuziga sakson besh mingdan ortiq ko‘chat o‘tqazildi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: soya [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘lanka tashlamoq: soya tashlamoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.