Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘l}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘l
Izoh(lar)i:
ko‘l ot

1. Quruqlikning suvga to‘lgan (suv qoplagan), atrofi berk, chuqurlikdan iborat tabiiy suv havzasi. Katta ko‘l. Cho‘lda yurgan qo‘ng‘ir g‘oz, ko‘l qadrini ne bilur. Maqol
Toma-toma ko‘l bo‘lar. Maqol
[G‘ulomjon] Oy yorug‘ida kumush tovlab turgan ko‘lning chap qirg‘og‘i bilan pastga tushib bordi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Daryo bo‘yida katta-kichik ko‘llar, to‘qayzorlar ko‘p edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘lanka tashlamoq: soya tashlamoq

1. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.