Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘knor}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘k-nor
Izoh(lar)i:
ko‘knor ot

1. 1. Ko‘saksimon hosili ichida mayda ko‘kish urug‘i bor, tanasida sut shira yetishadigan bir yillik va ko‘p yillik o‘simlik. Said Jayulxon qaytib kirdi, bor tovushi bilan baqirdi: — Hamma yerlaringga ko‘knor ektiraman! A. Qahhor, Bashorat

2. 2. Shu o‘simlikning hosilidan ivitib, ezib tayyorlanadigan, kayf beradigan ichkilik. [Marayim] Kirmagan ko‘cha qolmadi: nayakini o‘rgandi, qora dori yedi, takyalarga kirib, ko‘knor ichdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.