Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘kimtir}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-kim-tir
Izoh(lar)i:
ko‘kimtir sf

1. 1. Ko‘k rangga yaqin, ko‘kka moyil, ko‘kish, och ko‘k. Tursunoy Marjon, isirg‘a, uzuk taqishni birovlardan ko‘rib havas qilar, lekin ingichka, ko‘kimtir tomirlari bilinib turgan bo‘yni va qo‘llariga bu ziynatlar yarashib tushmas edi. A. Muxtor, Opa-singillar
Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. s. t. t. Yashil yoki zangor rangga yaqin, och yashil. Ko‘kimtir shohi ro‘mol. U [Salimboy] ko‘zlarini hovuzdagi turg‘un ko‘kimtir suvga tikib o‘yladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.