Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘kat}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-kat
Izoh(lar)i:
ko‘kat ot

1. 1. O‘sib turgan o‘t-o‘lan; o‘t-o‘simlik. Qo‘ylarning barra ko‘katlarni o‘tkir tishlari bilan jodiday qirqib pishillashlari, qo‘zilarning onalarini qidirib ma’rashlari atrofni bosdi. S. Anorboyev, Oqsoy
Mansur tizza bo‘yi ko‘katlar ustida cho‘nqayib o‘tirar hech nimani ko‘rmas edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Ovqatga qo‘shib yeyiladigan (kashnich, ukrop kabi rezavor) o‘simliklar; oshko‘k. Xushbo‘y mevalar, ayniqsa ko‘katlar, turli nav sabzavotlar juda mo‘l yog‘ildi. Oybek, Nur qidirib
Ko‘kat rastasi, qovun bozor, ho‘l meva, quruq meva rastalarini ko‘rib, yon ko‘chadan pastladik. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.