1. 1. O‘troq bo‘lmagan holda, ko‘chib yurib hayot kechiradigan.
Ko‘chmanchi qabila. Ko‘chmanchi qushlar.
▬
Qalmoqlar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanar, ko‘chmanchi hayot kechirar edi.
Gazetadan
Uy egasi ko‘chmanchilarga xos mehmondorlik qilib, bizni yaxshilab kutib oldi.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. ayn. yn. Ko‘chma.
Saksovul o‘rmonzorlari ko‘chmanchi qumlar yo‘lini to‘sdi.
Gazetadan
Ular to‘sar yovuz daryoni Va ko‘chmanchi barxanlarni ham.
A. Obidjon, Ketmagil