Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ch} - ir ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-chir-moq
Izoh(lar)i:
ko‘ch fl

1. 1. Yashash joyidan ketmoq, boshqa yashash joyiga o‘tmoq. Olovni kovlasang — o‘char, qo‘shnini kovlasang — ko‘char. Maqol
U [Nuri] Yormat oilasining boqqa ko‘chib ketganini eshitib, afsus qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bu yerdan hech qachon ko‘chmayman, sen ham ko‘chmaysan. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. 2. Umuman, o‘rni, manzili va shu kabilardan boshqasiga o‘tmoq, jilmoq, ketmoq. Bu yil qizim beshinchi sinfga ko‘chadi. Ana, qoqdi qanotin bulbul, Kelib qo‘ndi chiroyli gulga. Shoxdan-shoxga ko‘chadi nuqul, Kuyi rohat berar ko‘ngilga. I. Muslim.
Kuz kirib, ularning uchrashuvlari ishxonaga ko‘chgan dastlabki kunlar Yoshlik

3. ko‘chma hma Mavzuni, harakatni, yashash yoki ishlash tarzini o‘zgartirmoq, boshqasiga o‘tmoq. Xadicha xolaning bas, qiynama degan mazmunda ko‘z qisishini ko‘rib, boshqa gapga ko‘chdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Yopishgan, birikkan joyidan ajramoq. Uning [masjidning] baland va siri ko‘chib ketgan eski ustunlik ayvonida uch-to‘rt namozxon o‘tirishibdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Ovoz lampochkasining ostidagi qo‘rg‘oshinlar ko‘chib ketibdi, yangidan yo‘pishtirdi. T. Ashurov, Oq ot

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kuch Jismoniy quvvat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.