Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘chirma}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-chir-ma
Izoh(lar)i:
ko‘chirma ot

1. 1. Asl nusxadan yozib, chizib, ko‘chirib olingan nusxa. Buyruqning ko‘chirmasi. Qarordan ko‘chirma olmoq. Sayfiddin aka o‘rnidan turdi-da, arxiv materiallaridan ko‘chirma olib to‘plangan papkalardan biri ichidan Georgiy Sinyavskiy xatining ko‘chirmasini topib o‘qiy boshladi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Mahalliy va markaziy gazetalardan olingan ko‘chirmalar bilan bezatilgan nutqning o‘n minuti davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Boshqaning ishidan aynan yoki qisman ko‘chirilgan, o‘g‘irlangan. Ko‘chirma asar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.