Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘chat}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-chat
Izoh(lar)i:
ko‘chat ot

1. Urug‘ yoki qalamchadan o‘sib chiqqan yoki o‘stirilgan va boshqa joyga olib o‘tqaziladigan nihol. Olma ko‘chati. Tut ko‘chati. Rayhon ko‘chati. Pomidor ko‘chati. Atirgul ko‘chati. Ko‘chat o‘tqazmoq. ▬ Mana shu anjirning ko‘chatini [raisimiz] Oqqo‘rg‘ondan oldirib keldi. A. Qahhor, Kartina
Bu oyning yana bir go‘zal fazilatlaridan biri shuki, bu davrda kuzgi ko‘chat o‘tqazish qizg‘in pallaga kiradi. Gazetadan
[Anvar] Bolalarning daragi bilan har kimning uyida bo‘lgan yangi gullardan ko‘chat va urug‘ olib, yildan-yilga gulzorni boyitdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. Umuman, yosh nihol. Ko‘m-ko‘k g‘o‘za ko‘chatlari, oftobda yoyilgan tamaki barglaridek, orqama-orqa tizilishib turardi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ko‘chat – nihol – daraxt
Ma’nosiga ko‘ra
(voyagayetishish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.