Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘cha}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-cha
Izoh(lar)i:
ko‘cha ot

1. 1. Aholi yashaydigan joylarda yo‘lovchilar o‘tib turadigan, transport qatnaydigan yo‘l. Navoiy ko‘chasi. Sobir Rahimov ko‘chasi. Chinnigul ko‘chaning bir tomonidan, ensizgina asfalt trotuardan shoshmasdan borar edi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar
To‘xta xola ko‘chada uzoqdan birin-ketin kelayotgan ikki kishining qorasini ko‘rdi. I. Rahim, Chin muhabbat
Yor yurgan ko‘chalarni supuray sochim bilan. Qo‘shiqlar

2. 2. Umuman, yo‘l. Hali majlis, hali hammom qurilishi, hali ko‘chaga shag‘al yotqizish deydi. Guldasta
Qir ko‘chadan tushguncha surnay ovozi chiqmadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. 3. Yashash, turish joyidan tashqari bo‘lgan joy, ochiq maydon (uy, hovliga nisbatan). Uyida rohati yo‘qning ko‘chada farog‘ati yo‘q. Maqol
Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich. Maqol
Qishning oxirgi kunlari ko‘chada qora sovuq bilan izg‘irin yurar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ibn Yamin bir kuni ko‘chadan horib-tolib, tajang bo‘lib keldi-da xotini bilan aytishib qoldi. K. Yashin, Hamza

4. shv. Ko‘cha oshi ayn. go‘ja.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: go‘ja Bo‘g‘doy, jo‘xorini o‘g‘irda tuyib tayyorlangan suyuq ovqat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ko‘chat – nihol – daraxt
Ma’nosiga ko‘ra
(voyagayetishish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.