1. 1. Musiqa asboblarida (fortepyano, akkordeon va shu kabilarda) ularni harakatga keltirib, ovoz chiqarish uchun uriladigan plastmassa tugma yoki taxtacha.
[Munis] Goh xayolchan tebranib, pianinoning klavishlariga tikilib qolar va goho ilhomi zo‘r kelib, yana ashulasini davom ettirar edi.
Z. Fatxullin, So‘nmas yulduz
2. 2. Yozuv mashinkasi, telefon apparati va shu kabilar mexanizmlarda ularni ishlatish uchun barmoq bilan bosiladigan qismi, tugmasi.
[Mashinka] Chiqir-chiqir, sho‘x-sho‘x kuylab, Klavishi dik-dik o‘ynab, Oq qog‘ozga harf qo‘nar, Harf yig‘ilib, jumla bo‘lar.
Q. Muhammadiy.
Muolajani amalga oshiruvchi hamshira bor-yo‘g‘i bemor boshiga niqob tugmalarini taqib qo‘yish va asbob klavishini bosishnigina bilishi kifoya.
Gazetadan