Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {klassik}
So‘z bo‘g‘inlari: klas-sik
Izoh(lar)i:
klassik sf

1. 1. Fan, san’at, madaniyat, adabiyotning mashhur, ilmiy ishlari, asarlari milliy va jahon fani va madaniyati uchun ahamiyatli bo‘lgan, shu sohada boshqalarga namuna bo‘ladigan, e’tirof etilgan arbobi. O‘zbek adabiyoti klassiklari. Javonlarda rus va jahon klassiklarining ko‘p jildli asarlari qimmatbaho muqovalarini ko‘z-ko‘z qilib, yarqirab turardi. O. Yoqubov, Diyonat

2. 2. Klassik filologiya mutaxassisi.

3. 3. Klassitsizm vakili, izdoshi, tarafdori.

4. 1. Klassiklar tomonidan yaratilgan, xalqlarning iftixoriga aylangan, namuna bo‘ladigan; mumtoz. Klassik asar. Klassik falsafa. Ushbu nashrga Lutfiyning o‘zbek klassik she’riyati taraqqiyotiga zalvarli hissa bo‘lib qo‘shilgan ajoyib she’riy merosidan namunalar kiritildi. Gazetadan

5. 2. Qadimgi (antik) tillar va adabiyotlarni o‘rganishga oid, aloqador.

6. 3. Klassitsizmga oid ( Klassik tragediya.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. klassik I Ot
asarlarining ahamiyati, qiymati bilan barchaga manzur bo‘lgan atoqli fan, adabiyot, san’at arbobi

2. klassik II Sifat
mukammal, o‘rnak-namuna timsoli bo‘la oladigan

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.