1. tex. ex. Turli mashina yoki mexanizmlarning havo, suyuqlik, bug‘ yoki gaz yo‘lini ochib-yopib turadigan qismi, qopqoqchasi.
Gudok klapani.
▬
Sig‘imlarning qopqoqlari zichlab yopilmasligi va havo almashtirgich klapanlarining yo‘qligi tufayli anchagina yonilg‘i havoga sovurilmoqda.
Gazetadan
Bosim talabdagidan ortib ketgan paytda, klapan bosim sistemasidagi suyuqlikni filtrlarga oqizib yuboradi.
Yangi texnika
2. 2. Puflab chalinadigan musiqa asboblarining yon tomonlaridagi ochilib-yopilib, ovoz tonini o‘zgartiradigan pardasi, tili.
3. anat. at. Ichi bo‘sh, kovak a’zoning, ichki pardasi burmalardan iborat bo‘lgan va biror bir teshikni to‘sib, berkitib turadigan qismi.
Yurak klapani. Vena klapani
▬
Ultratovush yordami bilan olingan kardiogramma yurak klapanlarining torayganini aniqlay oladi.
Saodat