Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kiy} - in ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - tir ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ki-yin-tir-moq
Izoh(lar)i:
kiy fl

1. 1. Kiyim bilan badanni yoki biror a’zosini yopmoq; kiyiladigan narsa (kiyim)ni tanaga, tanadagi a’zoga yopmoq, qo‘ymoq, ilmoq. Ko‘shak kiymoq. Do‘ppi kiymoq. Etik kiymoq. Palto kiymoq. Niqob kiymoq. Qo‘lqop kiymoq. Qiz tugunini qo‘ltiqlab, hovliga tushdi. Kavushini kiymadi. Yalang oyoq ship-ship yurib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
G‘ulomjon apil-tapil kiyimlarini kiydi, oyoqlariga kovushlarini ildi sharpasiz qadamlar bilan darcha oldiga keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. etn. tn. Hadya kiyimi olmoq. Sharmsizdir yuzlari, Oshga to‘ymas ko‘zlari, To‘yga borib, to‘n kiymoq Hamon fikr-u so‘zlari. Hamza

3. ko‘chma hma O‘ranmoq, qoplanmoq, burkanmoq (o‘t-o‘lan, gul va shu kabilar bilan). Bahorning dastlabki kunlari: qishloq yashil libos kiygan. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
Dunyoni gullarning xushbo‘y hidi tutadi, gulshan-u bog‘lar qizil sarpo kiyadilar. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.