Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kit}
So‘z bo‘g‘inlari: kit
Izoh(lar)i:
kit ot

1. Ko‘rinishi baliqqa o‘xshagan juda katta sutemizuvchi dengiz hayvoni.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Kitob al-idrok li lisonal-atrok»Abu Hayyon al-Andalusiy (1256–1345) ning asari. Bu nodir asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarning 2 qo‘lyozmasi bor. Ular Istanbulda saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozmalar asosida 1891- yilda Mustafo Bey va 1931- yilda Ahmad Ja’far o‘g‘li asarni chop qildi. So‘nggi davrlarda esa A.Zayonchkovskiy, K.Brokkelmann, F.Vushtenfeld, L.Bouvat, E.Fozilov, A.Kurishjonov, N.Rasulova singarilar bu asar yuzasidan maxsus tadqiqot olib bordilar.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida qipchoq elementlari kuchliroq. Mas., r, g tovushining y tovushiga o‘tishi holati: agin – ayin, dagma – tayma, bak – bay, agarlab – ayarlab. G tovushining y, v tovushlariga o‘tishi: bug‘doy – buvday, og‘ul – ovul. G tovushining undoshlar oldidan tushishi: igna – ina; x tovushining k ga o‘tishi: xoja – koja. So‘z boshida y tovushining orttirilishi: ilon – yilon, ip – yip. So‘z o‘rtasida t undoshidan oldin l undoshining orttirilishi: katur – kaltur kabi.

“Kitob al-idrok li lisonal-atrok” tilida o‘g‘uz elementlari ham uchrab turadi. Mas., m tovushining btovushiga o‘tishi: men – ben. T tovushining d tovushiga o‘tishi: tamir – damir, tilku – dilku.

Lug‘atda 5 ta arabcha va 13 ta forscha so‘z qayd etilgan. -niki qo‘shimchasi o‘rnida qaratqich kelishigi shakli qo‘llangan: yir sanindir (yer senikidir). Sifatlarning orttirma darajasi yavlak so‘zi orqali hosil qilingan: yavlak ko‘rkludur. Yarim ma’nosini bildiruvchison manbada bichuk, yaru so‘zlari orqali berilgan.

Asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

«Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk val-qafchoq»mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning lingvistik asari. Asarning Abu Bahr ismli kishi tomonidan 855- yilda ko‘chirilganligi asosida uning XIV–XV asrda yaratilganligi haqida xulosa qilish mumkin. “Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq” birgina nusxaga ega, Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Olimlar asar Suriyada yaratilgan deb taxmin qilishadi.

Qo‘lyozma 4 bobdan iborat, ularning har qaysisi fasllarga ajratilgan. Birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo‘lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag‘ishlangan. Mas., tangri, yalavach, farishta, quyosh, yulduz, oy. Ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag‘ishlangan, bir qancha ichki guruhga ajratilgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o‘rin ravishlari, kishilik va so‘roq olmoshi, ko‘makchilar, hafta kunlari, yil fasllari haqida so‘z boradi. To‘rtinchi bob esa fe’l haqida.

Arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan bu asar turkiy tillar taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba.

1. bir boshini ikkita qildi: oilali qildi

2. bir so‘zi ikkita bo‘lmadi: aytgani bajarildi

3. boshi ikkita bo‘ldi: uylandi

4. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

1. Iflos – isqirt – irkit – isliqi – iqna – ivirsiq – nopok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

3. Yopmoq – o‘ramoq – chirmamoq – berkitmoq – yashirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.