1. 1. Insoniyat; insonga (odamga) oid.
Kishilik tarixi. Kishilik jamiyati.
▬
Mehnat kishilikka azaldan yo‘ldosh.
Guldasta
Kishilar erkin yashashdangina, bilim olishdangina mahrum etilib qolmay, hatto shunday bir oddiy kishilik fazilatidan — sevmoq, sevilmoqdan ham mahrum etilgan ekan.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Mehmondorchilik, turli yig‘in va shu kabilarga kiyiladigan kiyim; ko‘cha kiyimi.
Uyligini topmagan kishilikni to‘zdirar.
Maqol
Xadicha xola sandiqdan amirkon kavush-mahsisini, kishilik uchun deb olib qo‘ygan surp ko‘ylagini doka ro‘molini oldi.
T. Alimov, Sovg‘a
— Oyi, ertaga bozorga tushib, kishilikka bitta shim-u bir pinjak [pidjak] olsam deyman, — dedi Ahmadjon.
A. Muxtor, Davr mening taqsirimda
3. 3. Sanoq son yoki miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llanganda:
4. 4. 1) kishidan iborat, kishidan tashkil topgan.
Besh kishilik komissiya
▬
Shayboniyxon shaharda besh yuz kishilik qo‘shin qoldirib, o‘zi asosiy lashkarlari bilan shahardan narida Xo‘ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. 5. 2) kishiga, odamga mo‘ljallangan.
Uch kishilik xona. O‘n kishilik palov. Korxonaning ming kishilik dang‘illama klubi qurib bitkazildi.