Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kishan} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ki-shan-la-moq
Izoh(lar)i:
kishan ot

1. 1. Otning ikki oldingi oyog‘iga (erkin yurishga imkon bermaslik uchun) solinadigan bo‘g‘ov, zanjir.

2. 2. Oyoq, qo‘l, bo‘yinga solib, qulflab, band qilib qo‘yiladigan, temir halqalardan ishlangan maxsus moslama. Nabi Farhodning qo‘l-oyog‘iga bog‘langan oddiy kishanni ochdi va bo‘g‘ovli kishanlardan birini olib, uning buti va bo‘yniga urdi. S. Ayniy, Qullar
Soldat kalitni berdi. Boyagi erkak mahbuslarning qo‘llaridagi kishanlarni ochdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. ko‘chma hma Umuman, erkin harakatga yo‘l qo‘ymaydigan narsa, to‘siq, g‘ov. Ammo Sohib qori bilan Bozorovlar unga kishan bo‘lmasalar bas edi! I. Rahim, Chin muhabbat
U vaqtda ot, sigir tushunmaslik oyog‘imga kishan bo‘lgan ekan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zeb-u ziynat, o‘yin-kulgiga o‘rgangan xotin uchun bola oyoqning kishani bo‘lib tuyulardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.