1. 1. Otning ikki oldingi oyog‘iga (erkin yurishga imkon bermaslik uchun) solinadigan bo‘g‘ov, zanjir.
2. 2. Oyoq, qo‘l, bo‘yinga solib, qulflab, band qilib qo‘yiladigan, temir halqalardan ishlangan maxsus moslama.
Nabi Farhodning qo‘l-oyog‘iga bog‘langan oddiy kishanni ochdi va bo‘g‘ovli kishanlardan birini olib, uning buti va bo‘yniga urdi.
S. Ayniy, Qullar
Soldat kalitni berdi. Boyagi erkak mahbuslarning qo‘llaridagi kishanlarni ochdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
3. ko‘chma hma Umuman, erkin harakatga yo‘l qo‘ymaydigan narsa, to‘siq, g‘ov.
Ammo Sohib qori bilan Bozorovlar unga kishan bo‘lmasalar bas edi!
I. Rahim, Chin muhabbat
U vaqtda ot, sigir tushunmaslik oyog‘imga kishan bo‘lgan ekan.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Zeb-u ziynat, o‘yin-kulgiga o‘rgangan xotin uchun bola oyoqning kishani bo‘lib tuyulardi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar