Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kiraverish}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-ra-ve-rish
Izoh(lar)i:
kiraverish ot

1. Hovli, uy va shu kabilarning ichiga kirish boshlanadigan joy, kirish joyi. — Qani, min! — dedi O‘rmonjon hayron bo‘lib turgan Sidiqjonga, — mana shu tepalik orqasida bizning Baqaqurulloq degan mahallamiz bor, shuning kiraverishida seni bir xotin kutib turipti. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Rastaga Kiraverishdagi yakka-yagona atlas do‘konida Nazokat degan xushbichim juvon ishlardi. A. Muxtor, Opa-singillar

Antonim(lar)i: chiqaverish
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.