Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kira}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-ra
Izoh(lar)i:
kira ot

1. 1. Biror joyga borish yoki biror yukni olib borib berish uchun arava, mashina va shu kabilarni yollash, yollanish. Tuyalarimdan ko‘nglim to‘q bo‘lgani uchun ularni kiraga yubordim. S. Ayniy, Kullar
uch soyabon arava, olti otni kiraga olib, katta karvon ketidan yurishni gaplashishdi. Mirmuhsin, Me’mor.

2. s. t. t. Badal, evaz. Xolbekanimen ko‘rsatsam, to‘rajon, Kirasiga ne berasan o‘zima? Kuntug‘mish

3. 3. Kira haqi, kira puli. Marg‘ilondan, hatto Qudratulla qorini ham yigirma besh shogirdi bilan chaqirtiribdi. Borish-kelish kiralarini ham boy o‘z ustiga olibdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Ikkala mashina ham yakka tartibda uy-joy quruvchilarga suv tashish va kira ishlash bilan band bo‘lmoqda. Q. Sobirov, Ba’zi mayda-chuydalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.