1. 1. Ko‘z qovoqlari chetida qator joylashgan tuklar. Kuchli kulgidan Ra’noning ko‘zi yoshlanib, o‘siq kiprigi juftlandi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon Qozining tuzsiz ko‘zlari atrofidagi siyrak kipriklari pilpilladi, lablari pichirladi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Sekretar qiz ko‘zlarini suzib, bir-ikki marta kiprik qoqdi. S. Ahmad, La’li Badaxshon Qo‘shnimning nafas olishi, kiprik qoqishi tezlashdi, og‘zi xiyol ochildi, go‘yo suqsur qiz qarshisida turganday entikdi. Guldasta
1. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik