Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kinoya}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-no-ya
Izoh(lar)i:
kinoya ot

1. 1. Masxaralash, kulish uchun asl ma’nosidan boshqa, majoziy ma’noda aytilgan so‘z, gap; qochirim, istehzo, piching, kesatiq ifodasi. -Norboyevamisiz? Mehnatdan qochib kelibsiz-da, singlim, — — Xo‘sh, sizcha nima qilish kerak, o‘qimishli akam! — dedi kinoya bilan Yo‘lchi. Oybek, Tanlangan asarlar
Saodatxonning yuzidagi jiddiylik o‘rnini g‘alati, kinoyaga o‘xshagan tabassum egalladi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Uning ko‘zoynak orqasidagi ko‘zlari kinoya bilan qisildi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Shodi Mudarrisovich iljayib turar, so‘zlarida hazil aralash kinoya ohangi bor edi. D. Nuriy, Osmon ustuni

2. ad. ad. Uslubiy vosita: badiiy asardagi inkor etish usullaridan biri bo‘lib, biror shaxs yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida yashirin kulishdan iborat.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kesatiq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Kinoya so‘zni teskari ma’nodaishlatish. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi:

Bizni «homiy»lardan himoya qilg‘il,

Degan sharq xalqida piching – duo bor.

Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq

Sizning «himoyangizga» qolmish intizor (G‘.G‘ul.).

Bu o‘rinda homiy so‘zi zolim, himoya so‘zi zulm so‘zi ma’nosida ishlatilgan.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.