Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kino}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-no
Izoh(lar)i:
kino ot

1. ayn. yn. Kinematografiya. Kino, teatr singari san’at turlari orasida adabiyot ham tarbiyaning eng faol va samarador omillaridan biridir. Fan va turmush

2. s. t. t. Kinofilm. Ovozli kino. Ovozsiz kino, O‘lmas yotoqqa tomon burilgan edi, Murod to‘xtatdi: — Xo‘sh, o‘rtoq komandir, qanaqa kino ko‘rdingiz? A. Qahhor, Yillar
Klubda hindcha kino ketayotgan ekan O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. s. t. t. Kinoteatr. Kinoga bormoq. Bog‘ning bir chekkasida ovqatxona, yana bir chekkasiga kino joylashgan. Uyg‘un

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Kinoya so‘zni teskari ma’nodaishlatish. Kinoyadagi so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi:

Bizni «homiy»lardan himoya qilg‘il,

Degan sharq xalqida piching – duo bor.

Xo‘sh, janobi oliy, qaysi sho‘rlik xalq

Sizning «himoyangizga» qolmish intizor (G‘.G‘ul.).

Bu o‘rinda homiy so‘zi zolim, himoya so‘zi zulm so‘zi ma’nosida ishlatilgan.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kesatiq – kinoya – istehzo – piching
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.