1. anat. at. Qorindagi bolani yo‘ldosh (platsenta) orqali ona tanasi bilan birlashtiruvchi, bolani oziq moddalari bilan ta’minlash uchun xizmat qiluvchi ichak-nay.
Uchqunning kindigini kesganda, Tozagul ko‘zlarini yumib, qalt-qalt titrab turdi.
H. G‘ulom, Mash’al
2. 2. Bola tug‘ilgach, shu ichak-nayni kesib tashlash natijasida qorin o‘rtasida hosil bo‘lgan kichik chuqurcha; qorinning o‘rta qismi.
U [Soli sovuq] shoshib-pishib Azimboyvachchani ko‘kragidan itargan edi, Azim uning kindigiga o‘xshatib tepdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. ko‘chma hma Markaz, o‘rta.
— Dashtning kindigi mana shu yer, — dedi O‘ktam.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Mana, uch yildirki, Markaziy Farg‘ona kindigida go‘zallik yaratyapmiz.
Gazetadan
4. Dorboz yuradigan arqonning o‘rtaroq joyidan ko‘tarib turuvchi ikki yog‘och uchlarining bir-biri bilan, shuningdek, arqon bilan tutashgan, kesishgan joyi.
Uni [dorbozni] kindikdan kindikka, chig‘iriqdan chig‘iriqqa yo‘rg‘alatib, salomat olib chiquvchi narsa uning qo‘lidagi langari!
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i