1. 1. Kim so‘zining ikkinchi shaxsga qaratilgan so‘roq shakli.
Podadan adashgan buzoqqa o‘xshab duch kelgan eshikka boshingni tiqaverasanmi? Kimsan o‘zing?
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Nazarda tutilgan shaxsning darajasi (amali, unvoni, boyligi va shu kabilar) yuqoriligini ta’kidlash uchun ishlatiladi.
[Tantiboyvachchaning dadasi] Ziqnaning pir urgani edi Kimsan — terifurush falonchi boy! Lekin ko‘rgan odam yamoqchimi, bo‘zchimi deb o‘ylar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
— Xotinlari ham, kimsan — oqsoqolning xotinimiz, deb kekkayishib, o‘zlariga xon, o‘zlariga bek bo‘lib, rosa zug‘umini o‘tkazishdi, — dedi Yusvali tog‘a.
P. Tursun, O‘qituvchi
3. 3. Kimsan (erkaklar va xotin-qizlar ismi).