Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kibor}
So‘z bo‘g‘inlari: ki-bor
Izoh(lar)i:
kibor ot

1. esk. kt. kt. Jamiyatning oliy tabaqasiga oid kishi; oqsuyak, asilzoda. Kiborlar jamiyati. Ulug‘ hokim darvoza oldida egardan tushib, otni posbonga berdi, shu payt yaltiroq to‘nli bir kibor ta’zim qilib, uni ichkariga boshladi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Yevropa kiborlari rasmicha muomala qilishga majburman. A. Qahhor, Bos tepkini
Kiborlar sendeklarni qora xalq deb pisand qilmaydilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

2. 2. Ulug‘vorlik, kiborga xos o‘zini tutish. Takson vaziyatini o‘zgartirmay, soxta kibor va mensimaslik bilan xonaga kirdi-yu kreslolardan biriga o‘tirib, oyog‘ini chalishtirdi. S. Karomatov, So‘nggi barxan
Qulahmad o‘zini kibor tutar odam yuziga boqmay, ters qarab gapirardi. Mirmuhsin, Cho‘ri

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.