Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kes} - kin - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: kes-kin-lash-moq
Izoh(lar)i:
kes fl

1. 1. Tig‘ bilan tanasi, etini tilmoq, tilib ichiga kirmoq. Betini ustara kesmoq. Tovonini shisha kesmoq. Qo‘lingizga nima qildi, Shokirbek? — Pichoq kesib ketdi — Yomon kesdimi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Tig‘li asbob bilan bo‘laklarga ajratmoq, bo‘laklamoq; qirqmoq. Nonni kesmoq. Qovunni kesmoq. Qazini kesmoq. Har vaqt maqtaydigan pichog‘ini qinidan sug‘urib, tarvuzni kesdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ziyodaxon shitob bilan ugra kesar ekan, unga [Sidiqjonga] bir qarab qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Ortiqcha, keraksiz qismni tig‘ bilan olib tashlamoq. Tok kesmoq. Gul kesmoq. Odatda, kuchuk bolaning qulog‘ini, dumini kesishadi. Chunki buning ularga foydasi bor. Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
Cho‘loq bo‘lib yurtimga qaytganimdan qaytmaganim beriroq emasmi?. Qarorim shu: oyog‘imni kesmaysizlar. N. Safarov, Olovli izlar
Og‘risa ham, yarani o‘z vaqtida kesib tashlagan yaxshi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

4. 4. Kanal, yo‘l va shu kabilar qurish uchun yoki yer ochish maqsadida balandlikni kovlab, qazib, yorib, orasini ochmoq. Adirni kesib, yo‘l qurmoq. Oqbo‘ra olislik qilsa, tog‘ni teshib o‘tirmay, kesib o‘tkazardik [suvni]. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. ko‘chma hma Biror joyning o‘rtaroq qismidan, orasidan tikkalab yo‘l olmoq, yo‘nalmoq. Hushi o‘ziga kelgan Bo‘ta, birovning qo‘rg‘oniga bemahal mo‘ralab turganidan xijolat bo‘lib, tolzorni kesib, orqasiga qaytdi. S. Ahmad, Hukm
Bular [jangchilar] shag‘al to‘kilgan katta yo‘lni kesib o‘tib, adirga tomon chiqib ketayotganda, botayotgan quyoshning horg‘in nuri ro‘paradagi qorli tog‘ cho‘qqisini bir lahza qizartirdi-da, so‘ndi. A. Qahhor, Oltin yulduz

6. 6. Badanga (uning biror a’zosiga) qattiq, ta’sirini o‘tkazmoq (asosan, sovuq haqida). Kuchli izg‘irin quloqlarni kesadi, sovuqdan oyoqlarning barmoqlari uvushadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Keyin Yigitali, badanlarini suv kesib yubordi shekilli, erinibgina qirg‘oqqa chiqib chalqancha tushib yotdi. D. Nuriy, Osmon ustuni

7. ko‘chma hma Oraga luqma tashlab, gapni bo‘lmoq, to‘xtatmoq. Yo‘lchi hali gapini bitirmagan edi, Mirzakarimboy uni kesdi: — Bir terining ichida qo‘y necha ozib, necha marta semiradi, — dedi salmoqlanib boy. Oybek, Tanlangan asarlar

8. s. t. t. Belgilamoq (masalan, narxni). Ulgurji savdogarlarga sotiladigan mollarning narxini Hoji Hamdam kesib berardi. M. Osim, Elchilar

9. s. t. t. Jazoga hukm qilmoq. Sud o‘g‘rini besh yilga kesdi. [Amaki Fotimaga:] Endi eshikdan bir qadam nari jilma, pichoqni to‘rt joyingga uraman Keyin, mayli, hukumating meni kesadimi, osadimi, nima qilsa qilaversin! P. Tursun, O‘qituvchi
Prokuror, otib o‘ldirilsin, degan edi, sud., yetti yilga Sibirga kesdi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

10. ko‘chma chma Pasaytirmoq, qaytarmoq, yo‘q qilmoq. Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soylardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib turmoqda. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Achchiqni achchiq kesadi degandek, dadasining bu so‘zlari tashqaridagi sovuqni kesdi shekilli, Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, o‘zini bo‘ronning quchog‘iga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy

11. etn. kam qo‘ll. ayn. ayn. Kestirmoq 2. Lekin mahallamizda gazeta o‘qiydigan bir shumtaka bor, u haromi: — Sultonbekdek bir davlatmand o‘z o‘g‘lini mavlud to‘yi bilan kesdi, deb gazetaga yozaman, — deydi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.