1. 1. Uzil-kesil tarzdagi, qat’iy.
Keskin mulohaza. Keskin e’tiroz. Keskin javob bermoq.
▬
Sulton Ali Mirzo Xo‘ja Yahyoga qarshi keskin chora ko‘rolmaydi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Armani usta qora lavhadagi so‘zlarni o‘chirib, qayta yozishdan keskin bosh tortdi.
N. Aminov, Suvarak
Juman juda keskin gapirmasdan, fikrlarini ehtiyot bilan, mulohaza shaklida aytishga qaror qildi.
A. Muxtor, Tug‘ilish
2. 2. Jiddiy va tubli tarzda.
Tartibni buzishlar keskin kamaydi.
▬
Sho‘rlangan tuproqlar qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini keskin pasaytirib yuborishi hammaga ma’lum.
Gazetadan
Yosh kelin-kuyov orasida avvalgi xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir murakkablik borligini Oysha begim ham payqar va ich-ichidan iztirob chekardi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. 3. Hal etilishi og‘ir, katta kuch va ehtiyotlik talab etuvchi; jiddiy; hal qiluvchi.
Abdurasul keskin kurashga tayyorlanish kerakligini tushundi.
P. Tursun, O‘qituvchi
4. 4. Tez yuz beruvchi va kuchli, shiddatli, qattiq (ovoz, shamol va shu kabilar haqida).
Yo‘lchi ko‘chaga chiqishi bilan keskin sovuq shamol quloqlarida g‘uvullab, ignaday o‘tkir, mayda qor parchalarini uning yuziga urdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. rvsh. sh. Juda tez; birdan, shartta.
O‘ktam o‘zini cho‘l xo‘jayini sezib, tevarakka qarchig‘ay boqish bilan alanglab, otini istagan yoqqa keskin burar edi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
Islomxo‘ja keskin burilib, foytunga qarab yurdi.
S. Siyoyev, Avaz