Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kesim}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-sim
Izoh(lar)i:
kesim ot

1. 1. Kesilgan bo‘lak (karj, burda va shu kabilar). Bir kesim non. Hayot esa qimtinib, tortinib, onda-sonda bir kesim qovun oladi-da, bir tishlab, yana kosa chetiga qaytarib qo‘yadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Jek hamon tumshug‘ini cho‘zib, ko‘zlari mo‘ltirab yotar, oldidagi sirli kosada turgan kolbasa kesimlariga qaramasdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi

2. tex. ex. Biror jismni tekislik bilan kesish natijasida hosil bo‘ladigan yuza. Silindrning ko‘ndalang kesimi doiradir.

3. tlsh. sh. Gapning bosh bo‘laklaridan biri; gapning asosini tashkil etib, ega ifodalagan shaxs, predmet va hodisaning harakatini, holati yoki belgisini bildiruvchi bo‘lak.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.