Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kesak}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-sak
Izoh(lar)i:
kesak ot

1. 1. Qotgan, qurigan loy bo‘lagi. Ichkaridan ham chertish tovushi eshitilgandan keyin, yerdan bir kesak olib, derazaga katta harf bilan men so‘zini teskari yozdi. S. Ayniy, Qullar
Devor ustida turgan o‘n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko‘chirib olib, mulla Norqo‘ziga o‘qtaldi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

2. shv. hv. Guvala. Kesak qalamoq. Kesak devor.

3. ko‘chma hma His-tuyg‘usi yo‘q, hushsiz; hech narsadan ta’sirlanmaydigan (kesakka nisbat beriladi). — Qiz bilan boshlashib, [Qosimovning] uyiga kiraman, jig‘iga tegaman, qani, rashk o‘ti bormikan vujudida. Agar g‘irt kesak bo‘lsa, o‘zidan ko‘rsin, — dedi Ahmad. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
— Yormat, odammisan, otamisan! — deb baqirdi ellikboshi, — o‘l, kesak! Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir kesak bilan ikki quyonni urdi: ayni bir vaqtda ikki narsani ko‘zlab ish tutdi

2. kesak otdi: yomonlik xatti-harakatlari qildi

3. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi: hech kimga tinchlik bermaydi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.