1. 1. Bug‘doy, jo‘xori kabi donlar tortilganda (un qilinganda), ulardan chiqadigan po‘sti va un bo‘lmagan don chiqitlari.
— Nonlaringiz ichida nega somon ko‘p?— dedi Shokir aka. — Somon emas, arpa unining kepagi, qiltig‘i, — dedi Qulmurod.
S. Ayniy, Qullar
Oyimxon ochdan o‘lmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. s. t. t. Qazg‘oq.
Gap shu yerga kelganda, Berdi Aminovich boshlarini qashib qoldilar. Yelkalariga kepak yog‘ila boshladi.
Mushtum