Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kenglik}
So‘z bo‘g‘inlari: keng-lik
Izoh(lar)i:
kenglik ot

1. 1. En o‘lchami, sathning kattaligi. Shaharning kengligi. Uyning kengligi. Ko‘chaning kengligi. Maydon ikki tanob kenglikda bo‘lib, janubi qutidor va qo‘shnisining imoratlari ham shunga o‘xshash imoratlardan iborat edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bu joy tepalik o‘rtasida bo‘lib, kengligi yarim gektardan ortiq emas edi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Ochiq, keng bo‘shliq. Zargarov o‘sha tomonga, olis ufqlarga yastanib yotgan kengliklarga tikilgancha qoldi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
Yigirmadan ortiq yosh chavandozlar tog‘ bag‘ridagi kenglikda u yoqdan-bu yoqqa quvlashar edi. Mirmuhsin, Me’mor

3. geogr. gr. Ekvatordan meridian bo‘ylab ketgan va graduslar bilan ifodalangan masofa (yerdagi punktlar o‘rnini belgilash uchun xizmat qiladi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.