Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kemtik}
So‘z bo‘g‘inlari: kem-tik
Izoh(lar)i:
kemtik ot

1. 1. Predmetning uchgan, singan, kertilgan, buzilgan, nuragan joyi. Sanam bog‘ adog‘idagi kemtikdan oshib, egasi ko‘chib ketib, huvullab qolgan qo‘shni boqqa tushdi, Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar
Darhaqiqat, uning chap qulog‘i kemtik. O‘q olib ketgan. S. Ahmad, Hukm
Supa chetidagi o‘choq-da, qop-qorayib, jo‘mragi kemtik qumg‘on qopqoqni ko‘tarib, baqir-baqir qaynardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

2. ko‘chma hma Yetishmaydigan, to‘lmay qolgan joy; yetishmovchilik, kamchilik, nuqson. Bunaqa ayol bilan umrining oxirigacha yashab bo‘ladimi? Hayotning nuqul kemtik tomonini ko‘radi. S. Nurov, Narvon
Faqat hisob-kitobingizda emas, ishlaringizda ham chalkashliklar, kemtiklar bor H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kamtik Teshik-yoriq, oraliq, ochiq joy.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.