Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kemir} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ke-mir-moq
Izoh(lar)i:
kemir fl

1. 1. Qattiq narsani tish bilan qirib, ushatib maydalamoq; g‘ajimoq. Suyak kemirmoq. Uch-to‘rt yashar sap-sariq qizcha po‘sti archilgan sabzi kemirib turibdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Birining [oyoq kiyimning] yuz yarmini sichqon kemirgan, birining yuzi tagcharmga yopishib ketgan. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Tatalab qiynamoq, azob bermoq (ruhiy kechinmalar haqida). U minut sayt yuragini kemirib ketayotgan bu dardni hech kimga ayta olmas edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Nigoraning ilk bor Sher aka deganini eshitganida, badanini kemirayotgan og‘riqni ham unutib, allaqanday shirin, qaynoq bir hisning zo‘ridan mast bo‘lgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mujimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.