1. 1. Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan so‘zlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan so‘zlovchi turgan tomonga, joyga yo‘l olmoq, yo‘nalmoq; shu tomondagi biror joyga yetmoq; zid. ketmoq, bormoq.
Poyezd kelyapti poyezd keldi. Toshkentga mehmonlar kelyapti (mehmonlar keldi).
▬
Kecha bir kampir televizorni qoldirayotib: Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta nevaram askarlikdan keladi — deb iltimos qilgan.
T. Ashurov, Oq ot
kulrang shlyapa kiygan, qora ko‘zoynak taqqan, gavdali bir kishi ariq ichidan Tal’at bilan yonma-yon kelardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yolg‘iz o‘zim bir chetda turgan edim, sekin oldimga keldi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. So‘zlovchi bo‘lgan, turgan joyga yoki so‘zlovchi tomondagi joyga yetmoq, shu joyda hozir bo‘lmoq; zid. ketmoq, jo‘namoq.
Yoz fasllari dehqonchilik qiladi, sahar ketib, kech keladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Nimaga kelipti? qani beri kelchi. Yarashgani keliptimi?
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. 3. Vaqt ma’noli so‘z yoki so‘z birikmasi bilan qo‘llanganda, shuningdek, vaqt bilan mantiqan bog‘liq narsani bildiruvchi so‘z bilan qo‘llanganda, shu so‘z yoki so‘z birikmasi ifodalagan payt, fursat, zamon va shu kabilarning yetganligini, boshlanishini bildiradi, “boshlanmoq”, etib kelmoq, etishmoq ma’nosini bildiradi.
Yaxshi zamonlar keldi. Siz orzu qilgan kunlar ham keladi. Bahor keldi. Ekin mavsumi keldi.
▬
O‘zi ham, payti kelib, mana shu qizlarday dugonalari bilan yayrab-yashnab, qiyqirib o‘ynay olarmikin?
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ekin davriga hali bor ekan, deb yana bir oz mizg‘ib uyg‘onsam, kuz kelibdi.
Mushtum
O‘zini ko‘rsatib qo‘yadigan fursat kelganini sezib, dona-dona qilib tushuntirishga kirishdi.
K. Yashin, Hamza
Bir qarishlikdan dutorni sevaman. Ko‘p chalaverma, buzilib ketasan, — der edi onam boyoqish, aytgani keldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. 4. Jo‘nalish kelishigidagi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, shaxsning shu kelishikdagi so‘z bildirgan ish, narsa hodisada to‘xtashini, shunday narsa-hodisa yuz berishini bildiradi.
Bir to‘xtamga kelmoq. Shunday xulosaga kelmoq.
▬
U o‘yab-o‘ylab, bir fikrga keldi shekilli, ancha yengil tortib: Xah, shunchalik oson gap ekan-a deb iljayib qo‘ydi.
K. Yashin, Hamza
Muqaddam anjomlarini yig‘ishtirib bo‘lguncha, bir qarorga keldi-yu, chaqirdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. 5. Jo‘nalish kelishigidagi ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanganda, shu so‘z bildirgan ish, narsa-hodisaga o‘tish, navbat shunga kelganlik ma’nosini bildiradi.
Endi Bo‘taning ustidagi
▬
anovi gapga kelsak, bu tuhmat gap.
S. Ahmad, Hukm
Endi boyagi ho‘kizga kelaylik.
Chalpak yoqqan kun
.paxtani nima uchun kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap ko‘p.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
6. 6. Chiqish kelishigidagi ayrim so‘zlar bilan qo‘llanganda, ish, narsa-hodisaning shu kelishik shaklidagi so‘z bildirgan shaxs yoki narsa tomonidan bo‘lishini (amalga oshishini) bildiradi.
Sidiqjonning rangi bo‘zarib ketdi — Bunaka qo‘shmachilik sizlardan keladi
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Menimcha, Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning yomon tuzilganidan keladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
7. 7. O‘zi birikib kelgan so‘z ifodalagan narsaning yuzaga kelishi, yuz berishi, qo‘zg‘alishi ma’nosini bildiradi.
Rahmi kelmoq. Havasi kelmoq. Zavqi kelmoq. G‘azabi kelmoq. G‘ayirligi kelmoq.
▬
Mahmudaning xo‘rligi kelib, ko‘zida yosh halqalandi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uning [Kumushning] yuzini o‘pib tushgan suv tomchilari bilan ariq harakatga kelib chayqaldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kichik pochchamning juda izzatli bo‘lib ketganiga katta pochchamning g‘ashi keladi, lekin bildirmaydi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
8. 8. O‘zi birikib kelgan so‘z bildirgan holatning bo‘lishi ma’nosini bildiradi.
G‘olib kelmoq. Ma’qul kelmoq. Malol kelmoq.
▬
[Otabek] Chiqishi bilan nari eshikdan Sodiq ham ko‘rinib qoldi-da, Otabek bilan to‘qnash keldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
9. 9. Numerativ so‘zli birikmalar tarkibida evazi numerativli so‘zga evaz bo‘ladigan miqdorni, shunga beriladigan (keladigan, olinadigan) narsani bildiradi.
Bu pulga uch metr atlas keladi.
▬
Kosibning bir haftalik ishiga bir xalta don keladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
10. 10. Qiyos mazmunli birikmalar tarkibida tenglik, shuncha kelish ma’nosini bildiradi.
Bir qop kartoshka 100 kilo keladi.
▬
Oyog‘ini yoruqqa tutgan edi, xuddi bosh barmog‘ining tagida gugurt cho‘piday keladigan tikan yonlamasiga sanchilib turganini ko‘rdi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Ko‘zimni ochsam, o‘zimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda dumalab yotibdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
11. 11.-gan qo‘shimchasi shaklida (kelgan) chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanib, shu so‘z bildirgan belgi, holatga moyillik, o‘xshashlik ma’nosini bildiradi.
Qorachadan kelgan.
▬
Oldingi qatorda o‘rta yashar ayol bilan siyrak sochlari oqargan, to‘ladan kelgan kishi o‘tirardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Chekka sochlariga oq oralagan, bo‘yi o‘rtadan kelgan bug‘doyrang xotin avval eriga salom berdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Sodiq akaning yoshi qirqlardan oshgan, o‘zi qotmadan kelgan bo‘lib, atrofdagilar bilan tez til topishib ketar ekan.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
12. 12. 2-shaxs buyruq mayli shaklida (kel, keling) da’vat, undashni bildiradi.
Kel, qo‘y, tangrining molini shayton qizg‘anadi. Qani, olishib o‘tiringlar.
K. Yashin, Hamza
Kel, shuyam bir quvonsin.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
13. 13. Yordamchi fe’l vazifasida
14. shv. shv. 1) bog‘lama vazifasida bo‘lmoq ma’nosida qo‘llanadi.
Eshakning yuki yengil kelsa, yotag‘on bo‘lar.
Maqol
Sutsiz sigir suzag‘on kelar.
Maqol
Ot jonivor juda esli keladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. ;
15. 15. 2)-gi qo‘shimchali fe’lning shaxs-son shakli (-gim,-ging,-gisi) bilan qo‘llanib, istak-xohish ifodalaydi.
Ketgim kelyapti. Aytgisi kelyapti.
▬
Yodgor undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, negadir gaplashgisi keldi shu topda.
O. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ahmadlarni tezroq uchratib, shodligimni baham ko‘rgim keladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
16. 16. 3) ravishdoshning-a(y),-(i)b qo‘shimchali shakllari bilan qo‘llanib, harakatning yo‘lakay, davomli bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi.
Kelishingda xabar ola kel. Xotiralarni yozib kelyapman.
▬
Yunusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay chidab keldi.
S. Ahmad, Ufq