1. 1. Yangi turmushga chiqqan yoki chiqayotgan qiz.
Yangi kelinlarning uyi odatda bezatilgan bo‘ladi.
F. Musajonov, Himmat
Zargarov: Menga qarang, uka Kuyov bilan kelin mening oldimda, hozir boradi. Registratsiya qiling, bo‘lak gap yo‘q
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
2. 2. O‘g‘ilning xotini (qaynota yoki qaynonaga nisbatan).
[Fotima:] Mana shu Marasulni tuqqanimda, Shu o‘g‘lim katta bo‘lsa, xotin olsa, kelinimning hech ishiga aralashmayman, deb niyat qilganman. Xudo niyatimga yetkazdi.
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
Qaynona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. 3. Ukaning xotini (aka yoki opaga nisbatan).
Ziyodillaning o‘z oilasida shu vaqtgacha sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni ham, o‘z kelinining bebosh bo‘lib ketganini ham hazm qila olmasligi turgan gap edi.
H. G‘ulom, Mash’al
4. 4. O‘zidan yosh bo‘lgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojaat.
[Ganga] Haydar ota aralashdi: — Kelin rost aytadilar. Menga qarang, kelin, o‘rtog‘ingiz menga sizni olib kelishni juda tayinlagan.
A. Qahhor, Asror bobo
5. 5.