Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kelinoyi}
So‘z bo‘g‘inlari: ke-li-no-yi
Izoh(lar)i:
kelinoyi ot

1. 1. Akaning xotini (uka yoki singilga nisbatan). [Nuri]... tag‘in dadamga, akalarimga gapirmang bu sirni. Kelinoyilarim ham zinhor eshitmasin. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Yoshi o‘zidan katta bo‘lgan qarindosh yoki yaqin kishining xotini va shu xotinga murojaatni bildiradi. Agar shu gaplarga qattiq ishonsanglar, Qumri kelinoyi, men hovlingizda qololmayman [dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singillar
[Unsin] Qaddini ko‘tarib, jasur boqdi Sharofatxonga: — Kelinoyi, akam birovning tomini teshib qamalgan emas yo birovning haqini yegan emas. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.