1. ayn. yn. Kelasi.
Kelgusi yil. Kelgusi hafta.
▬
Robiya xola kelgusi dam olish kuni ularni o‘z bog‘iga taklif qildi.
N. Safarov, Tanlangan asarlar
2. ayn. yn. Kelajak.
Sizlar kelgusida madaniyatli, bilimdon kishilar bo‘lasiz.
P. Tursun, O‘qituvchi
Cho‘lni hozirgi holga keltirguncha biz chekkan mashaqqatlarni kelgusi avlodimiz tasavvur ham qilolmaydi.
Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z
3. kam qo‘ll. ll. Keyingi, navbatdagi.
Ular uch-to‘rt qadam yurishlari bilan, soya yana oldinga o‘tib ketar, kelgusi simyog‘ochgacha yaqinlashgan sayin orqaga chekinar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.