Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kelbat}
So‘z bo‘g‘inlari: kel-bat
Izoh(lar)i:
kelbat ot

1. shv. Qomat, bichim, qiyofa. — To‘lamat aka, butun boshliq to‘ng‘izni bitta o‘zingiz yeb qo‘ymagandirsiz, yarim-yortisi turgandir? — dedi kelbati To‘lamatga o‘xshabroq ketadigan bir yigit. S. Anorboyev, Oqsoy
Bola bobosining ulkan kelbatini boshdan-oyoq kuzatarkan, bobom hammadan zo‘r, degan qarorga keldi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
Oyoq olishlari va kelbati quyib qo‘ygandek otasining o‘zi edi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
U o‘qlangan miltiqdek tikka turibdi. Kelbatida na hayiqish, na istihola. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.